2024-yilning dekabr oyida Toshkentdan Xoʻjakentga yangi elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgandi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning xabar berishicha, Xoʻjakentdan Chinorkentgacha 1,5 km masofaga temir yoʻl qurildi.
Shuningdek, “Chinorkent” temir yoʻl bekati qurib bitkazildi hamda 22-yanvar kuni foydalanishga topshirildi.
Bu yerda 150 m uzunlikda perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun sirgʻanishga qarshi plitalar oʻrnatildi hamda yoʻlovchilar uchun yer osti tunneli barpo etildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling“Endilikda Toshkentdan yoʻlga chiqqan yoʻlovchilar, sayyohlar zamonaviy elektropoyezdda “Chinorkent ” temir yoʻl bekatiga bemalol yetib kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.