Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentda yo‘l haqqini to‘lamagan 6 mingdan ortiq fuqaroga chora ko‘rildi

Toshkent avtobuslarida yo‘l haqqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga nisbatan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

2025-yildan Toshkent shahrida avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatilgandi.

Mart oyida esa poytaxtda avtobuslarda chiptasiz harakatlangan yo‘lovchilarga jarima qo‘llanila boshlangan edi. 

Transport vazirligining xabar berishicha, o‘tgan davrda 6182 nafar qoidabuzarlarga nisbatan ma‘muriy choralar ko‘rilgan. 

Taʼkidlanishicha, Toshkent avtobuslarida yo‘l haqqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga nisbatan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling