Toshkent shahrida 12-mart kuni o‘tkazilgan reyd davomida bir kunning o‘zida chiqindi tashlash bilan bog‘liq 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Huquqbuzarlarga ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jami 11 million 375 ming so‘m jarima qo‘llanildi.
Ma‘lumot uchun, MJtKning 91prim 1-moddasi 1-qismiga ko‘ra, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (375 ming — 1 mln 125 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 750 ming — 7,5 mln so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming — 3,5 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 30 baravarigacha (7,5 mln — 11 mln 250 ming so‘m) miqdorda jarima solinadi.