Milliy cholg‘u asboblarini sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Joriy yil 1-iyuldan jamg‘arma hisobidan eng istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Prezidentning madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzurida “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.

Joriy yil 1-iyuldan jamg‘arma hisobidan eng istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

2027-yildan har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishida umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘rtasida tuman – viloyat – respublika darajasida tanlovlarni o‘tkazib borish yo‘lga quyiladi. 

Bunda har bir yo‘nalish bo‘yicha respublika darajasidagi tanlovda g‘olib deb topilgan umumiy o‘rta taʼlim muassasasiga jamg‘arma hisobidan 500 mln so‘mdan grant beriladi.

 Respublika tanlovi g‘oliblari madaniyat va sanʼat yo‘nalishlari bo‘yicha davlat taʼlim tashkilotlariga kirishda ijodiy imtihondan ozod etiladi va ularga maksimal ball beriladi.

2026-yil 1-iyuldan O‘zbekiston fuqarolariga milliy cholg‘u asboblarini sotib olish xarajatlarining 30 foiz qismi byudjetdan qoplab beriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling