Toshkentdagi doʻkonlardan birida yongʻin sodir boʻldi

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Toshkent shahrining Olmazor tumani, Saqichmon koʻchasida joylashgan doʻkonda 8-aprel kuni soat 07:44 da yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 07:47 da yetib borib, yongʻin soat 07:57 da oʻchirildi.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling