Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida choyxona rahbari jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘rganish davomida choyxonada chumchuq qushining go‘shtidan shashlik qilinayotgani aniqlanmadi.
Davlat inspektorlari tomonidan choyxona rahbaridan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan holat yuzasidan tushuntirish so‘ralganda, videolavhadagi holat ilgari mijozlar sonini ko‘paytish maqsadida olinganligini ma‘lum qildi.
Hozirda choyxona rahbari chumchuq go‘shtidan shashlik tayyorlash holatiga yo‘l qo‘yilmayotganini aytgan.
Shuningdek, choyxona rahbariga nisbatan ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 4 mln 120 ming so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanildi.