“Chust oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

“Chust oshi” asosan ochiq havoda, baland olovda, alyumin qozonlarda tayyorlanadi.

Adliya vazirligi tomonidan “Chust oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Chust oshi” asosan ochiq havoda, baland olovda, alyumin qozonlarda tayyorlanadi. 

Taomning o‘ziga xos to‘q oltin-jigarrang rangi sun‘iy bo‘yoqlarsiz, suyakli go‘sht va piyozning baland olovda qovurilishi natijasida hosil bo‘ladi.

“Chust oshi”ga geografik ko‘rsatkich maqomining berilishi uning nomi va an‘anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi.

Shu bilan birga, mazkur maqom mahsulot sifatining oziq-ovqat mahsulotlari uchun belgilangan davlat me‘yorlariga muvofiqligini kafolatlaydi hamda hududning gastronomik brendini xalqaro miqyosda targ‘ib etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling