Namangan viloyatining Chust tumanida joylashgan “A.T.” MChJ elektr qurilmalarini hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 1 mlrd 703 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.