Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, “Xidirsha” MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlining 445-km da 29-yanvar kuni YTH sodir boʻldi. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Nexia-3 avtomashina haydovchisi “Xoʻjaobod - Andijon” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib ketayotgan vaqtida, qarama-qarshi tomondan Gentra haydovchisi yoʻlning belgilanmagan qismidan yoqilgʻi quyish shoxobchasiga burilmoqchi boʻlib turgan payt, uning orqasidan kelayotgan Cobalt haydovchisi oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida orqadan borib urilgan.
Soʻng Gentra avtomashinasi Nexia-3 bilan toʻqnashgan.
Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan yoʻq, avtomashinalar texnik shikastlangan.
Holat yuzasidan Xoʻjaobod tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilib yurishligini soʻraymiz!
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling