Prezidentning “Cyber university" davlat universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Qarorga koʻra, axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislar qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi.
Shu bilan birga, oʻquv jarayoni ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etiladi hamda ochiq axborot-taʼlim muhitining rivojlanishiga koʻmaklashiladi.
Bundan tashqari, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlar kadrlar bilan taʼminlashda saralanadi va qamrov kengaytiriladi.
Umuman olganda:
- oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va isteʼmolchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;
- tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv- metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.