Qamchiq dovonida DAF yuk mashinasi 15-aprel kuni soat 22:41 larda yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, aytilgan manzilga soat 22:50 da Qamchiq maxsus qidiruv yongʻin qutqaruv boshqarmasidan 2 ta ekipaj yetib borgan, soat 22:53 da yongʻin qurshab olingan va soat 23:13 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmadi.