Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda 16-avgust kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 15–16-avgust kunlari asosan 30-35 daraja, janubda 38 darajagacha bo‘ladi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda, havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 17-avgust kuni ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda bugun va ertaga asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, 17-avgust – yakshanba kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-15 m/s gacha kuchayishi, ba‘zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechalari 19-21 daraja, kunduz kunlari 15–16-avustda 32-35 daraja, 17-avgustda 28-30 daraja bo‘ladi.