Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidaa 30-yanvar kuni oʻtkazilayotgan reyd tadbiri davomida, 2004-yilda tugʻilgan fuqaro M.Gʻ. amakisi Yo.Gʻ.ga tegishli BYD Song EV avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
YPX inspektori R.Q. tomonidan mashina jarima maydonchasiga olib ketilayotganda, 2007-y.t. voyaga yetmagan X.N. ustozi A.S.ga tegishli (ustozi A.S. voyaga yetmagan X.N.ning “prava”si yoʻqligini bila turib, avtomobilni unga bergan) Damas avtomobilni boshqarib, “Qapchugʻay” mahallasida ikkinchi darajali yoʻldan asosiy yoʻlga chiqib yuborgan.
Oqibatda ikki mashina ishtirokida YTH sodir boʻlgan.
Hodisa oqibatida Damas haydovchisi X.N. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling