Toshkent viloyatida Damas “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani urib yubordi

Holat yuzasidan Bekobod shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatining Bekobod shahri, Turon ko‘chasida 10-may kuni soat 11:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1999 yilda tug‘ilgan N.J Damas avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 1992 yilda tug‘ilgan piyoda A.A. ni urib yuborgan. 

Hodisa oqibatida piyoda tan-jarohati olib, shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Bekobod shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling