Shanba kuni kechasi va ertalab Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq va salqin ob-havo saqlanib turadi. Havo harorat 31-oktabr kuni 20-25 daraja, shimolda 13-18 daraja bo‘ladi. Dam olish kunlari harorat 15-20 darajagacha pasayadi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-oktabrda ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shanba kuni kechasi biroz yomg‘ir yog‘ish extimoli bor. Yakshanbada yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorat shanba kuni 16-18 daraja, yakshanbada 18-20 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat 8-10 daraja atrofida bo‘ladi.