Dam olish kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10-oktabrda ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba‘zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati kunduzgi vaqtlarda 23-28 daraja, janubda va cho‘l hududlarida 29-30 darajagacha ko‘tariladi.
Eng iliq havo shanba kuni bo‘ladi, kunduzi 28-30 darajagacha, janub va chol hududlarda 32 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi 10-15 daraja atrofida bo‘ladi.
10-11-oktabrda shimolda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat 11-oktabrda kechasi 10-12 daraja, kunduzi 26-28 daraja va 12-oktabrda kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.