Dam olish kunlari havo harorati 37 darajagacha ko‘tariladi

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha bugun va dam olish kunlari asosan kam bulutli va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati kunduzi 30-35 daraja, ba‘zi joylarda 37 darajagacha, kechasi va ertalab 17-22 daraja bo‘ladi.

5–6-sentabr kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-6 m/s tezlikda esadi, 5-sentabrda ba‘zi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 5-sentabrda 35-37 daraja, 6–7-sentabrda 33-35 daraja,kechalari 18-20 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling