Farg‘ona va Samarqandda qariyb 5 mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara hamda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi.

Jumladan, Dang‘ara tumanidagi “X.Q.K.” xususiy korxonasiga qarashli oshxonaning gaz qurilmalari hisoblagichdan tashqari yashirin ravishda gaz tarmog‘idan foydalanib kelgan

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta‘minoti korxonasiga 2 milliard 887 million so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘ondagi “M.A.” fermer xo‘jaligi rahbari G.R. tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling