Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga rektor tayinlandi

Davlat boshqaruvi akademiyasi ham Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib qayta tashkil etiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Davlat boshqaruvi akademiyasi ham Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi. Ular Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birga kadrlar tayyorlash klasteriga aylantiriladi.

Prezidentning tegishli farmonlari bilan:

  • Jasur Salixov Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga;
  • Gulnoza Ismailova Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling