25-mart kuni barcha davlat tashkilotlarida elektr bir soatga o‘chiriladi

O‘zbekistonda 25-mart — “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonda 25-mart — “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chiriladi.

Maqsad tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling