Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Davlat buyurtmachisi tomonidan 2,6 mlrd so‘mlik xaridda qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yildi

To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat buyurtmachisi tomonidan 2,6 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ buyurtmachiligida jami 2,6 mlrd so‘mlik “ta‘mirlash xizmatlari ko‘rsatish” yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridida qonun talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgan.

Qayd etilgan holat yuzasidan agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olindi.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling