Xorazm viloyatida yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, fuqarolar B.Yu. (muqaddam sudlangan) va D.Yu. fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, Shovot tumani, “Mevazor” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 25 sotix yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 66 ming dollar evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan.
Shundan 45 ming dollar va 130 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.