Surxondaryo viloyatida fuqaro U.Ch.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Kadastrlar palatasining Jarqo‘rg‘on tumani filiali xodimi O‘.B. fuqaro B.R bilan til biriktirib, ariza muallifiga Jarqo‘rg‘on tumani “Ismoiltepa” mahallasi joylashgan davlat zaxirasidagi 40 sotix yerni 200 mln so‘mga sotishlari va 4 mln so‘mga evaziga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytgan.
Ular kelishilgan 204 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.