Namangan viloyatining Davlatobod tumani, Nurobod MFY, Ququmboy shox koʻchasida joylashgan AGTKSHda Damas yonib ketdi. Bu haqda Namangan FVB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yongʻin qutqaruv ekipaji soat 18:03 da yetib borgan, yongʻin soat 18:04 oʻrab olinib, soat 18:06 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida avtomobil toʻliq yonib zararlangan. Yongʻin oqibatida kuyib tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.
Hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.