Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jalik rahbarining ishonchiga kirib, uning joriy yilgi 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berishini vaʼda qilgan

Buning evaziga jami 21 mln so‘m pora talab qilib, shundan 7 mln so‘mini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling