Dekabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Oyning oxirigacha kunduz kunlari havo harorati 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

O‘zgidromet joriy yil dekabr oyida ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.

1-3-dekabrda respublika bo‘yicha qish faslining boshi uchun biroz iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Hududning katta qismilda havo harorati kechalari 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘ladi.

4-5-dekabrda respublika hududi bo‘yicha ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 3-6 darajagacha pasayadi. 

6-7-dekabrda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 12-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Harorat tartibi bo‘yicha dekabr oyi o‘rtacha iqlim meyoridan 1 – 1,5 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ayrim kunlarida (2-4 kun) yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechalari 2-7 daraja sovuqdan 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling