Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchiga jarima yozmoqchi bo‘lgan YPX xodimlariga ayollar to‘sqinlik qilib, ularga tashlangani aks etgan videolar tarqaldi.
Taʼkidlanishicha, holat Surxondaryo viloyatining Denov tumanida bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.