Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida begona ayol yosh qizni pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uz‘ga izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1-may kuni Denov tumanida 3 yoshli qizga hech bir sababsiz oshxona pichog‘i bilan hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlarini yetkazgan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Olingan tan jarohatlari oqibatida qiz tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangan.
Olingan dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ayol ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.