Mayda gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanishlar natijasida 94,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

May oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 229 ta holat aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Unga ko‘ra, 35,6 mln kVt soat elektr energiyasi (57,9 mlrd so‘m) va 13,2 mln metr kub tabiiy gaz (36,9 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida jami 94 mlrd 887 mln so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Shuningdek, iste‘molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 448 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling