Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentda uy-joy ijara narxlari biroz ko‘tarildi

Dollar kursining pasayishi va yangi o‘quv yilining boshlanishi uy-joylar uchun ijara narxlariga ta‘sir qildi.

Dollar kursining pasayishi va yangi o‘quv yilining boshlanishi uy-joylar uchun ijara narxlariga ta‘sir qildi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.

MHTI mutaxassislari tomonidan sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi. 

Dollarning so‘mga nisbatan qadrsizlanishi uy-joylar uchun ijara narxlarining dollardagi qiymati oshishiga olib keldi. Natijada, dollar hisobida ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan ko‘tarildi. Shuningdek, yangi o‘quv yili boshlanishi bilan ijaraga beruvchilarning ijara narxlari oshishi bo‘yicha kutilmalari taklif etilayotgan narx-navoga ta‘sir qilgan bo‘lishi mumkin. 

O‘rtacha ta‘mirlangan uy-joylar ijarasi

Mazkur davrda o‘rtacha ta‘mirlangan xonadonlar uchun taklif qilingan o‘rtacha ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan quyidagicha ko‘tarilgan. 

  • 1 xonali: $16  ($318 dan $334 ga);
  • 2 xonali: $18  ($394 dan $412 ga);
  • 3 xonali: $25  ($477 dan $502 ga);
  • 4 xonali: $19  ($537 dan $556 ga);

Nisbatan arzon ijara narxlari:

  • Sergeli tumani (1 xonali - $293, 2 xonali – $365, 3 xonali – $412,  4 xonali - $474); 
  • Uchtepa tumani (1 xonali – $316, 2 xonali – $381, 3 xonali – $432, 4 xonali – $400). 

Nisbatan qimmat ijara narxlari: 

  • Shayxontohur tumani (1 xonali – $354, 2 xonali – $472, 3 xonali – $604, 4 xonali – $617); 
  • Yakkasaroy tumani (1 xonali – $402, 2 xonali – $506, 3 xonali – $660, 4 xonali – $800).

To‘liq ta‘mirlangan uy-joylar ijarasi

Mazkur davrda to‘liq ta‘mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari quyidagicha qimmatladi. 

  • 1 xonali: $22  ($413 dan $435 ga);
  • 2 xonali: $34  ($580 dan $614 ga);
  • 3 xonali: $50  ($824 dan $874 ga);
  • 4 xonali: $16  ($1185 dan $1201 ga);

Nisbatan arzon ijara narxlari: 

  • Sergeli tumani (1 xonali – $318, 2 xonali – $419, 3 xonali – $497, 4 xonali – $588); 
  • Uchtepa tumani (1 xonali – $355, 2 xonali – $464, 3 xonali – $535, 4 xonali – $550). 

Nisbatan qimmat ijara narxlari: 

  • Mirobod tumani (1 xonali – $479, 2 xonali – $762, 3 xonali – $1075, 4 xonali – $1462); 
  • Shayxontohur tumani (1 xonali – $535, 2 xonali – $746, 3 xonali – $1094, 4 xonali – $1369).
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling