Alexandro Arias Sarsuela Dominikan Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Mamlakatlar o‘rtasida barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlash yo‘llari muhokama qilindi.
"O‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud bo‘lib, Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz", deb yozadi vazir.