Jizzaxda 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ferma aniqlandi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida fuqaro R.Q. o‘z xonadonida tovuq ferma tashkil etib, gaz ta‘minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, gazdan noqonuniy foydalanib kelgan. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta‘minoti korxonasiga 1 milliard 665 million so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling