“Dovut ota” chegara posti bo‘yicha cheklov yil oxirigacha uzaytirildi

Cheklov muddatining uzaytirilishiga punktlarda 2-bosqich qurilish ishlari olib borilayotgani sabab bo‘ladi.

Qozog‘istondagi “Tajen” (O‘zbekistonning “Dovut-ota” chegara bojxona postiga tutash) chegara o‘tkazish punkti bo‘yicha cheklov yil oxirigacha uzaytirildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Cheklov muddatining uzaytirilishiga punktlarda 2-bosqich qurilish ishlari olib borilayotgani sabab bo‘ladi. 

Xususan, ma‘muriy binolarda kapital ta‘mirlash hamda yo‘l qoplamalarida betonlash ishlari olib borilmoqda. Shu bois Qozog‘iston tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta‘minlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida cheklov joriy

Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari “Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovut ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti orqali harakatni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali “Nukus-Beyneu”  yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling