Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birgalikda uchib kelgan uch nafar fuqarolarni belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tekshiruvda mazkur fuqarolar tomonidan yashirilgan, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma‘lum qilinmagan zargarlik buyumlari borligi fosh bo‘ldi.
Aniqlangan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 781 grammni, taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati esa salkam 970 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Hozirda ushbu zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.