Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Boyqo‘rg‘on mahallasi, Sultonali Mashxadiy ko‘chasidagi uylarning birida fuqaro o‘z ehtiyosizligi oqibatida hojatxona uchun qazilgan 10 metrlik chuqurlikka tushib ketdi. Bu haqdagi xabar poytaxt FVBga 5-yanvar kuni soat 13:58 da kelib tushgan.
FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va birinchi yordam ko‘rsatgan.
![](/storage/uploads/thumbnails/0-1736138921-ogabek-post-material-large.webp)
Shundan so‘ng fuqaroga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Fuqaro yengil tan jarohati olgan bo‘lib, hozirda shifokorlar nazorati ostida. Uning ahvoli yaxshi.