Prezidentga daraxtlarning noqonuniy kesilishi va havoning ifloslanishini oldini olish bo‘yicha rejalar taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi yillarda mamlakatda tabiatni muhofaza qilish, atmosfera havosini yaxshilash, yashil hududlarni ko‘paytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin amaldagi tizimdagi tarqoqlik, mas‘uliyat va vakolatlarning turli idoralar o‘rtasida bo‘linib ketgani natijasida ishlar samarasi ham doimo kutilgan darajada bo‘lmayapti.

Shu munosabat bilan yig‘ilishda sohada boshqaruvni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Atrof-muhit sifatini, shaharlarda atmosfera havosini yaxshilash, yashil hududlarni rivojlantirish, tabiatga mas‘uliyatli munosabatni shakllantirish va tabiiy merosni muhofaza qilish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirishni markazlashgan holda olib borish taklif etildi. 

Ekologik nazoratni alohida yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yish va mas‘ul idoralarning vakolatlarini kengaytirish rejalari haqida ma‘lumot berildi. Bunda, sohadagi qoidabuzarliklarga qarshi tezkor chora ko‘rish, daraxtlarning noqonuniy kesilishi, havoning ifloslanishini oldini olish, bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish mexanizmlari, shuningdek, sanoatda ekologik tartibga solishni takomillashtirish va aholi punktlarida yashil hududlarning saqlanishini ta‘minlash choralari ko‘rib chiqildi.

Prezident bildirilgan takliflarni ma‘qullab, ularni boshqaruvda sifat va samaradorlikni yangi bosqichga olib chiqish, nazorat va mas‘uliyatni kuchaytirish nuqtayi nazaridan yana-da takomillashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling