Buxoroda ekskavator bosib ketgan ayol vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda maxsus texnika piyodani bosib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, 15-may kuni viloyat IIBga tez tibbiy yordam shifokori tomonidan Buxoro shahar markaziy bozori oldida YTH sodir bo‘lgani xususida murojaat qilingan.

Shu kuni H.I. ismli shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan XSMG XE60V ekskavatorni Ibn Sino ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtida shahar markaziy bozoridan chiqib yo‘lni kesib o‘tayotgan 1961-yilda tug‘ilgan ayolni ko‘rmay qolib, bosib ketgan.

Hodisa oqibatida ayol voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov yakuniga ko‘ra holatga huquqiy baho berilib, javobgarlikning muqarrarligi taʼminlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling