Samarqandda 5 kishi aroqdan zaharlanib vafot etgani aytilmoqda

Marhumlarning o‘limi sababini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan

Samarqandda 5 kishi aroqdan zaharlanib vafot etgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati Repost.uz’ga xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, ular turli mahallalarida yashovchi 63, 50, 72, 39 va 56 yoshdagi erkaklar bo‘lgan.

4 kishi o‘z yashash xonadonida, yana biri shifoxonada 11-yanvar kuni vafot etgan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Marhumlarning o‘limi sababini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling