Yaqin Sharqdagi vaziyat munosabati bilan eksportchilarga favqulodda yordam mexanizmi joriy qilindi

Bundan tashqari, Respublika eksport shtabi huzurida tunu-kun ishlaydigan Call-markaz tashkil etilgan.

Yaqin Sharqdagi vaziyat munosabati bilan eksportchilarga favqulodda yordam mexanizmi joriy qilindi, deb xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur mintaqadagi hozirgi keskinlik Yaqin Sharq orqali tranzit va eksport operatsiyalarini amalga oshirayotgan mahalliy tadbirkorlar uchun jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Vazirlikning Telegram-botida (@miittashqisavdobot) “Yaqin Sharq mamlakatlariga eksport bilan bog‘liq muammolar” deb nomlangan maxsus bo‘lim ochildi.

Ushbu bo‘lim orqali eksportchilar va tadbirkorlar logistika, bojxona rasmiylashtiruvi, tranzit, to‘lovlar va boshqa tashkiliy qiyinchiliklar bo‘yicha onlayn tarzda murojaat yuborishlari mumkin.

Bundan tashqari, Respublika eksport shtabi huzurida tunu-kun ishlaydigan Call-markaz tashkil etilgan. 

Quyidagi raqam orqali bevosita murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 238 52 52.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling