Paraskevi Tzevelek Gretsiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

Paraskevi Tzevelek Gretsiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

Vazir Toshkent shahrida Gretsiya elchixonasining ochilishi olqishlanishini maʼlum qildi.

"Bu qadam mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da jadallashtirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz. Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy va ta‘lim sohalarida hamkorliklarni kengaytirishni muhokama qildik", - deb yozadi Baxtiyor Saidov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling