Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Xitoydan O‘zbekistonga elektrobuslarning navbatdagi partiyasi jo‘natildi

Barcha elektrobuslarni jo‘natish jarayoni sentyabr oyi oxiriga qadar yakunlanishi mo‘ljallanmoqda.

O‘zbekistonda 2025-yilda 200 dona elektrobuslar va ular uchun quvvatlash uskunalari xaridi loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Xitoy kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq harakat tarkiblarini yetkazib berish jarayoni boshlandi. 

100 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya Xorgosdan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yo‘lga chiqarildi. 

Barcha elektrobuslarni jo‘natish jarayoni sentyabr oyi oxiriga qadar yakunlanishi mo‘ljallanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling