Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ayrim qonun hujjatlariga baʻzi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni isteʻmol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasiga koʻra, Oʻzbekistonda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning muomalasi (ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish) taqiqlanmoqda.
Bundan tashqari, aylanmasi taqiqlangan chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinni isteʼmol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling