Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Hodisa oqibatida mashinaning salon qismi hamda yukxonasi yonib zararlangan.

Qamchiq dovonida Toshkent—Vodiy yoʻnalishida harakatlangan CHANGAN avtomashinasi yukxonasida boʻlgan elektroskuterning quvvatlagichida 11-aprel kuni soat 21:53 da qisqa tutashuv yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tutashuv natijasida yongʻin sodir boʻldi. Shunga koʻra 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 22:09 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 22:11 da oʻrab olingan va soat 22:12 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida mashinaning salon qismi hamda yukxonasi yonib zararlangan.

Tezkor harakatlar natijasida yukxonada boʻlgan 18 ta velosipeddan 9 tasi va 4 ta elektroskuterdan 1 tasi yongʻindan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling