So‘ngi bir oyda 70,6 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya.
May oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 203 ta holat aniqlandi.
Noqonuniy foydalanish oqibatida 31,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi va 6,3 mln kub metr tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, buning natijasida yetkazilgan zarar 70,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, iste‘molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 507 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi.