Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 361,2 ming nafarga yoki 37,1 foizga oshgan.
Yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
- Qirgʻiz Respublikasi - 422 591 nafar
- Tojikiston - 401 377 nafar
- Qozogʻiston - 199 048 nafar
- Rossiya - 90 611 nafar
- Afgʻoniston - 81 797 nafar
- Turkmaniston - 48 871 nafar
- Turkiya - 22 520 nafar
- Xitoy - 14 062 nafar
- Hindiston - 10 326 nafar
- Koreya Respublikasi - 5 292 nafar
- Boshqa davlatlar - 38 810 nafar