2024-yili qancha Oʻzbekiston fuqarosi xorijga oʻqish maqsadida borgani maʼlum qilindi

Umumiy ko'rsatkichning uchdan biri Tojikistonga to'g'ri keladi

2024-yilning yanvar–dekabr oylarida jami 35,9 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, koʻrsatkich mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

  • Tojikiston – 12 809 nafar;
  • Rossiya – 8 629 nafar;
  • Qirgʻiz Respublikasi – 3 953 nafar;
  • Turkiya – 2 711 nafar;
  • Koreya Respublikasi – 2 077 nafar;
  • Qozogʻiston – 1 589 nafar;
  • Buyuk Britaniya – 792 nafar;
  • Xitoy – 767 nafar;
  • AQSH – 576 nafar;
  • BAA – 390 nafar;
  • Boshqa davlatlar – 1 602 nafar.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling