Toshkentda Epica yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkent shahrining Yangihayot tumani, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida 6-may kuni soat 23:56 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Epica va Spark YTH sodir etgan. Natijada Epica yonib ketgan.

Yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 00:06 da yetib borib, yong‘in soat 00:08 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling