Avvalroq Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. Shu bois Milliy futbol markazida murabbiy hamda O‘FA rasmiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov so‘zga chiqib, Kannavaroning maoshi bo‘yicha gapirdi.
Eslatib o‘tish lozim, o‘tgan hafta italiyalik mutaxasissning maoshi O‘zbekistonda 4 mln yevro bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ermatovning so‘zlariga ko‘ra, "bu mish-mish xolos".
"O‘FA barcha jarayonlarni qonuniy, shaffof va o‘z imkoniyatlari doirasida amalga oshirgan", deydi u.
Taʼkidlanishicha, yangi bosh murabbiy bilan 2+3 ko‘rinishida shartnoma imzolandi.
"Biz uzoq muddatli hamkorlikni ustuvor deb bilamiz. Osiyo va Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etamiz", deydi O‘FA birinchi vitse-prezidenti.