Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent - Jidda yo‘nalishidagi reys soat 6:18 da Toshkent aeroportiga qaytib qo‘ndi.
Shuningdek, Toshkent - Dubay yo‘nalishidagi reys mahalliy vaqt bilan soat 6:37 da qo‘ndi.
Shu bilan birga, Olmaota - Sharm-ash-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha reys (07:46) va Seul - Doha yo‘nalishi bo‘yicha reys (07:57) Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Bundan tashqari, Toshkent – Doha yo‘nalishi bo‘yicha reys uchish aeroportida kechiktirildi. Yo‘lovchilar vaqtinchalik terminalga joylashtirildi.