O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ham ushbu mamlakatdagi vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi

Eron hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borish lozimligi aytildi.

Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi, raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi Erondagi O‘zbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilish tavsiya qilindi

Shuningdek, Eron hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borish lozimligi aytildi.

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlari doimo o‘zlari bilan olib yurish lozimligi qo‘shimcha qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling